Articles
Shaxmat Qaydnomasi - Shaxmat Tili!

Shaxmat Qaydnomasi - Shaxmat Tili!

erik
| 421 | For Beginners

Shaxmat qaydnomasi o'yinlarni saqlab qolilb, ulardagi taktikalarni, xatolarni o'rganib do'stlaringizni hayroq qoldirish uchun qulay usuldir. Keyingi o'yiningizda shaxmat qaydnomasini sinab ko'ring va sizga g'alaba olib keluvchi yurishdan so'ng undov belgisini qo'yishdek bundan ortiq huzur bag'ishlovchi narsani topolmaysiz.

Algebracha qaydnoma

Ushbu oddiy va ommabop shaxmat qaydnomasi Algebracha Qaydnoma deyiladi. U shaxmat taxtasini panjarasimon tomonlarini harflar va raqamlar bilan belgilaydi.

Ushbu diagrammada, oq shoh c3 katagida va qora shoh h5 katagida joylashgan.

1-qatorda oqlar boshlaydi; 8 qatorda qoralar boshlaydi. Ustunlar oqlardan chapdan o'ngga belgilanadi.

Shu bilan birga, katta harfdagi quyidagi bosh harflar donalar bilan belgilanadi:
K: Shoh
Q: Farzin
R: To'ra
B: Fil
N: Ot
P: Piyoda (odatda P qaydnomada tushurib qoldiriladi)

How to Write a Chess Move

Yurishni Qanday Yozish Mumkin

Yurishni yozish uchun, yuradigan dona va u yurishi kerak bo'lgan katakni ko'rsating. Agar dona urib olinsa, biz ushbu ketak belgisidan oldin x belgisini qo'yamiz.

Masalan, ushbu o'yinda oqlarning birinchi yurishi Nc3: ot c4 katagiga yurishi. Qoralar f5 katagiga yurish bilan boshlashadi (esingizda bo'lsin, P tushirib qoldirilgan). Oqlar e4 yurishini qiladi va qoralar uni urib oladi, fxe4, f e4 dagi donani urib oladi. F ustuni piyodaning nomini bildiradi, chunki P tushirib qoldirilgan. Oqlar ham urib oladi, Nxe4. O'yinning qolgan qismi quyidagicha davom etadi

...       Nf6
Nxf6+ gxf6
Qh5#

+ kisht berish belgisi bo'lsa, # mot qo'yish belgisidir.

Maxsus belgilar

x: urib olish
0-0: shoh tomonga rokirovka
0-0-0: farzin tomonga rokirovka
+: kisht
#: mot
!: yaxshi yurish
?: poor move

Ko'proq ! va ? belgilari urg'u berish uchun ishlatilish mumkin.

Noaniqlikka yo'l qo'ymang

Rd1 yurishni belgilash uchun yetarli emas - qaysi to'ra?


Odatiy qaydnomalar noaniq bo'lgan vaziyatlarda, donaning boshlang'ich joylashuvini belgilash uchun qo'shimsha harf yoki raqam yozing. Bu yerda, Rad1, a ustundagi to'ra d1 katagiga, muammoni hal qiladi. Piyoda urib olganda, doimo boshlang'ich ustunni yozing, yuqoridagi fxe4 va gxf6 kabi.

Other Chess Notation

Boshqa Qaydnomalar

Ko'p o'yinchilar hozirgi kunda Algebracha Qaydnomani ishlatishadi, lekin bir necha boshqa turlar ham bor:

Uzun Algebracha Qaydnoma har bir yurishning boshlangich va o'xirgi kataklarini o'z ichiga oladi.

Tavsiflovchi Qaydnoma, eski tizim hizoblanib, shaxmat taxtasidagi ustunlarni donalar bilan nomlashadi. Masalan, c ustuni QB, yoki farzin fili ustuni deb ataladi. Qatorlar har bir o'yinchi tomonidan yoziladi. Oqlarning QB3 katagi qoralarning QB6 katagidir.

Tekin Shaxmat Qaydnomasi Sahifasini Ko'chirib Oling

Siz qaydnoma yozish uchun bu yerdan tekin shaxmat qaydnomasi sahifasini ko'chirib olishingiz mumkin, yoki bu kabi boshqa qaydnoma sahifasini sotib oling, yoki chiziqli oddiy qog'ozdan foydalanishingiz ham mumkin.

Printable Chess Scoresheet

erik
Erik

[Please Note: Don't send me Tech Support, Abuse Reports, or other "Site" issues. Please contact Chess.com Support for those things. But I do love thank you notes and personal messages! Thank you!]

Yes, I am the guy who started Chess.com (along with Jay, Igor, Piotr, and many others). I have 3 amazing daughters, one wild son, and a wonderful, patient wife! I learned chess when I was 8 years old. Since then I have been playing, studying, and enjoying it regularly. I prefer semi-open and closed positions that blow up tactically (like the Closed Sicilian, King's Indian, Glek etc). 

Want to know more about how Chess.com got started? Read about it here!