Articles
Eng yaxshi shaxmat debyutlari

Eng yaxshi shaxmat debyutlari

CHESScom
| 602 | For Beginners

Shaxmatdagi birinchi yurishlar eng muhim yurishlardan hisoblanadi. Ushbu yurishlarda siz dastlabki rejalarni tuzasiz va taxtagi o'rningiz uchun kurashasiz. Ko'p yangi o'yinchilar aniq debyut yurishlarni eslab qolishlari shart emas, balki markazni egallashga va donalarni rivojlantirish kabi yaxshi debyut tamoyillariga amal qilishlari kerak. Lekin, ba'zi debyutlarni bilish ham foydadan holi emas, bu yaxshi rejalar tuzishda yordam beradi. Lekin eslab qolishga ko'p ishonmang yoki mag'lubiyatga uchrashingiz mumkin.

The best chess openings for beginners

Boshlovchilar uchun ba'zi ajoyib debyutlar:

№1 Italyancha o'yin
Italyancha o'yin 1.e4 e5 2.Nf3 Nc6 3.Bc4 yurishlar bilan boshlanadi. Maqsad piyodalar va otlar bilan markazni egallash va filni eng xavfli katagiga qo'yishdir. Undan tashqari xavfsiz rokirovka qilishga ham tayyorgarlik ko'rishni bildiradi.

№2 Sitsilyancha Himoya
Sitsilyancha Himoya qoralar bilan o'ynaydigan kishining eng tajovuzkor tanlovidir. Ko'pincha Oqlar 2.Nf3 va 3.d4 yurishlarini qilib markazda joy egallaydi, lekin bu Qoralarga markaziy piyoda bilan fil piyodasini ayirboshlash imkonini beradi.

№2 Fransuzcha Himoya
Fransuzcha Himoya strategiyaga boy bo'lgan, har bir shaxmat o'yinchisi bilishi kerak bo'lgan debyutdir. e% yurishidan keyin, ikkala tomon ham piyodalar zanjiriga ega bo'lishadi. Fransuzcha HImoyaning kamchilik tomoni c8 dagi fil kechroq rivojlantiriladi.

№4 Ruy Lopez
Ruy Lopez eng qadimki va mumtoz debyutlardan biridir. Bu debyut shaxmat haqida ilk kibotlardan birini yozgan Ispan episkopi nomi bilan atalgan. Ruy Lopezda e5 ni himoya qilib turgan otga hujum qilinadi. Oqlar bu bilan Qoralar markaziga bosim uyushtirishni ko'zlaydi.

№5 Slav Himoyasi
Slav Himoyasi mustahkam debyutlar biri hisoblanib, unda d5 katakdagi piyoda xavfsiz himoyalanadi. Qora donalarning barchasi xavfsiz kataklarga joylashib oladilar, lekin Qoralarda kamroq ochiq joy qoladi.

Lekin eng yaxshi debyut Markazni-Nazorat-Qilish-Va-Donalarni-Rivojlantirib-Ehtiyotlik-Bilan-O'ynash dir! Siz allaqachon buni qanday o'ynashni bilasiz.

More from CHESScom
Dunyoda Nechta Shaxmat O'yinchilari Bor?

Dunyoda Nechta Shaxmat O'yinchilari Bor?

Onlayn shaxmat o'ynash uchun eng yaxshi joy

Onlayn shaxmat o'ynash uchun eng yaxshi joy